Journal article

ABDULLA QODIRIYNING O‘ZBEK ADABIY TILI VA MATBUOTI RIVOJIDAGI XIZMATLARI

Abstract

Ushbu maqolada o‘tgan asrning boshlarida Turkistonda  ro‘y bergan siyosiy va ma`rifiy o‘zgarishlarning qisqacha sharhi berilgan. Shu bilan birga musulmon turkiylar jadidchiligining asoschisi Ismoil G‘aspiralining “ Tarjumon” gazetasining o‘lkada ma`rifatchilik  g‘oyalarining  yoyilishidagi roli bilan bo‘liq masalalari ham ko‘rsatib o‘tilgan. Shuningdek maqolada o‘sha davrda o‘zbek adabiyotining  rivojlanishiga salmoqli hissa qo‘shgan, o‘zbek romanchiligining asoschisi Abdulla Qodiriyning  yangi o‘zbek adabiy tili, xususan o‘zbek milliy matbuoti rivojidagi xizmatlari ham   yoritib berilishiga harakat qilingan. Xususan, uning yangi  o‘zbek adabiy tili hamda milliy matbuoti shakllanishidagi xizmatlari, aniqrog‘i uni yaratish borasidagi  harakatlari va zahmatlari dalillar bilan  ifodalangan. Uning hozirgacha bir nom bilan o‘zgarishsiz nasr etib kelinayotgan “ Mushtum” jurnalining tashkilotchilaridan biri ekanligi, adib jurnal sahifalarida   mahalliy  matbuotda yagona  o‘zbek adabiy tili me`yorlarining  shakllanishiga putur etkazayotgan unsurlarni ayovsiz  ravishda  hajv qilish jarayonlari tahlil etilgan. Shunigdek,  maqolada adibning poliglot sifatida arab, fors, turk, rus tillarini mukammal biganligi bois juda ko‘plab adiblarning asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilganligi hamda sharqshunos olim K. Yudaxin bilan hamkorlikda “ Ruscha-ozbekcha lug‘at” tuzish ishlarida qatnashganligi singari masalalar haqida ham fikr yuritilgan.

Keywords

JadidchilikAdabiy TilMatbuotSo`zGazetaLug`atTarjimon

52 views · 9 downloads