IAD Index of Academic Documents
  • Home Page
  • About
    • About Izmir Academy Association
    • About IAD Index
    • IAD Team
    • IAD Logos and Links
    • Policies
    • Contact
  • Submit A Journal
  • Submit A Conference
  • Submit Paper/Book
    • Submit a Preprint
    • Submit a Book
  • Contact
  • Uluslararası Türk Lehçe Araştırmaları Dergisi (TÜRKLAD)
  • Volume:4 Issue:2
  • ODIL YOQUBOVNING “ULUG‘BEK XAZINASI” ROMANIDA BADIIY OBRAZ YARATISH

ODIL YOQUBOVNING “ULUG‘BEK XAZINASI” ROMANIDA BADIIY OBRAZ YARATISH

Authors : Azimidin NASİROV
Pages : 200-205
Doi:10.30563/turklad.649243
View : 49 | Download : 13
Publication Date : 2020-12-20
Article Type : Research Paper
Abstract :Nasirov Azimidin Normamatovichning “Odil Yoqubovning “Ulig‘bek xazinasi” romanıda badiiy obraz yaratısh” nomli maqolasoda olim va shoh Mirzo Ulug‘bekning fojiali hayoti, umrining so‘ngi damlaridagi hayotiy ziddiyatlar zamiridagi faoliyatining badiiy talqini haqida so‘z yuritiladi. O‘zbek adabiyotining iste’dodli namoyondasi, so‘z san’atkori Odil Yoqubov bir qator asarlari bilan nasr taraqqiyotda katta va o‘chmas iz qoldirdi. Adibning “Ko‘hna dunyo” romanida Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy obrazlari yaratilishi bilan uzviylikda, ular yashagan murakkab davr muhiti, uning inson ruhiyatiga ta’siri talqin etilgan. “Ulug‘bek xazinasi” romanida esa Mirzo Ulug‘bekning umrini so‘ngi damlaridagi tarixiy ziddiyatlar ifodalangan. Romanda Ali Qushchining hayoti, ijodi, amalga oshirayotgan ishlarining Mirzo Ulug‘bek hayoti bilan bog‘liqligi haqidagi talqinlar haqida so‘z yuritiladi.    Roman sujetidan o‘rin olgan voqealar silsilasida Mirzo Ulug‘bek va o‘z farzandi Abdulatif o‘rtasidagi ziddiyatlardan istirob chekkan shaxs qismati, farzandining taxt uchun o‘z otasiga qarshi kurash boshlashi, bundan ruhlangan ba’zi saroy amaldorlarining xiyonatlari tarixiy haqiqat nuqtai nazaridan talqin etilganligiga jiddiy e’tibor qaratilgan. Ayniqsa, ana shunday murakkab tarixiy sharoitda shogirdi Ali Qushchining ustozi Mirzo Ulug‘bekka bo‘lgan ishonchi va sadoqati, farzandi Abdulatif xiyonat qilib turgan bir vaqtda uning ustoziga munosabatini o‘zgarmaganligi, aksincha, hayotini xavf ostiga qo‘yib, saroydagi yillar davomida yaratilgan asarlarni saqlash uchun qilgan harakatlari yorqin lavhalarda talqin etilganligi, bu esa tarixiy haqiqatning badiiy ifodasi ekanligini alohida ta’kidlaydi. Tarixiy faktlardan oziqlangan Odil Yoqubov romanda Mirzo Ulug‘bek va o‘g‘li Mirzo Abdulatif ziddiyatlaridan, uning toj-taxt uchun olib borayotgan kurashlaridan istirob chekayotgan xal hayoti, uning murakkablashish jarayoni, podshohlikdagi kurashlardan ozor chekkan xalq fojealari juda asosli ifodalangan. Mirzo Ulug‘bek ruhiy olamidagi qarama-qarshiliklarning vujudga kelish sabablari, istiroblari monologik va diologik nutq asosida tasvirlanganligini alohiha qayd etadi. Odol Yoqubovning “Ulug‘bek xazinasi” romanidagi talqinlar badiiy adabiyotda Mirzo Ulug‘bek va Ali Qushchi o‘rtasidagi insoniy munosabatlarning mavjudligini ko‘rsatadi. Har ikki buyuk siymoning badiiy obrazi juda asosli talqin etilganligini isbotlaydi. Roman voqealari rivojoda monologik, diologik nutqning o‘ziga xos badiiy funksiyasi mavjudligi isbotlangan.
Keywords : Badiiylik, Tarix Haqiqati, Obrazlilik

ORIGINAL ARTICLE URL

* There may have been changes in the journal, article,conference, book, preprint etc. informations. Therefore, it would be appropriate to follow the information on the official page of the source. The information here is shared for informational purposes. IAD is not responsible for incorrect or missing information.


Index of Academic Documents
İzmir Academy Association
CopyRight © 2023-2026