IAD Index of Academic Documents
  • Home Page
  • About
    • About Izmir Academy Association
    • About IAD Index
    • IAD Team
    • IAD Logos and Links
    • Policies
    • Contact
  • Submit A Journal
  • Submit A Conference
  • Submit Paper/Book
    • Submit a Preprint
    • Submit a Book
  • Contact
  • Uluslararası Türk Lehçe Araştırmaları Dergisi (TÜRKLAD)
  • Volume:6 Issue:1
  • XORАZM BАXSHICHILIK АN’АNАLАRINING TАRАQQIYOT DАVRI

XORАZM BАXSHICHILIK АN’АNАLАRINING TАRАQQIYOT DАVRI

Authors : Nasiba SABİROVA
Pages : 193-199
Doi:10.30563/turklad.1069020
View : 16 | Download : 10
Publication Date : 2022-06-20
Article Type : Research Paper
Abstract :Ushbu maqolada baxshichilik sanʼatining soʼnggi taraqqiyoti haqida soʼz yuritiladi. Shuningdek, Xorazmda tarqalgan parixon-poʼrxonlar ham shomonlarning bir koʼrinishi ekanligi, shomonlik esa baxshichilik sanʼatining shakllanishida dastlabki bosqichlardan hisoblanishi, soz va soʼz ustasi boʼlgan baxshilarda dastlab, tabiblik, afsungarlik kasblari ham sintezlashgani, hatto Ergash Jumanbulbul oʼgʼli ham “qoʼshkochlik” vazifasini bajargani haqidu insert ignore into journalissuearticles values(a); maʼlumotlar berilgan. Jumladan, maqolada А. N. Samoylovichning tadqiqotlarida Xorazm baxshilarining kitobiy dostonlar kuylaganliklarini, dutor, bulamon chalganliklarini hikoya qilganligini alohida taʼkidlanadi. Xorazmda ham shomon, oʼzon, baxshi soʼzlari ishlatilib kelingan va hozirda baxshi atamasi keng ommalashgan. Baxshichilik shaxsining ilohiylashtirilishi ularning yuksak xotirasi va soz, soʼz sohibi ekanligi bilan aloqadordir. Ushbu kasb egalarining doʼmbira joʼrligida doston kuylashlari X-XI asrlar bilan aloqador degan fikrlar mavjud. Bu hodisa ancha qadimiy boʼlishi ham mumkin. Qadimgi xorazm qalʼalaridagi “Аrfachi ayol xonasi”dagi rasmlar bunga asos boʼlishi mumkin. Xorazmda dastlabki baxshi va baxshilar piri hisoblangan tarixiy shaxs insert ignore into journalissuearticles values(1115-1191); Oshiq Oydin insert ignore into journalissuearticles values(Oshugʼiddin Umar Suxravardiy); boʼlib, u hozirda ham baxshilarning homiysi hisoblanadi. Uning shaxsi ham ilohiylashtirilgan. Tarixiy manbalarga koʼra Oshiq Oydin soz va soʼz ustasi va ayni paytda davlat arbobi boʼlgan. Musiqa toʼgʼrisida risola ham bitgan. Uning xorazmshohlar hukmronligi davrida yashaganini hisobga olsak, oʼsha davrlarda baxshichilik sanʼatining rivojlangan davri boʼlganligini anglab olish mumkin boʼladi. Oshiq Oydin pirdan keyin turkiy olamda dong taratgan oʼzon, shomon, baxshi Qoʼrqut otadir. XIX asr va XX asr boshlari Xorazm baxshichilik sanʼatining eng gullagan davri ekanligi aytib oʼtilgan.
Keywords : baxshi, Xorazm baxshichilik sanʼati, Oshiq Oydin Pir, baxshilar homiysi, kitobiy dostonlar

ORIGINAL ARTICLE URL
VIEW PAPER (PDF)

* There may have been changes in the journal, article,conference, book, preprint etc. informations. Therefore, it would be appropriate to follow the information on the official page of the source. The information here is shared for informational purposes. IAD is not responsible for incorrect or missing information.


Index of Academic Documents
İzmir Academy Association
CopyRight © 2023-2025