Turkiy manbalarda mumtoz qofiyaning nazariy asoslari
Authors : Orzigul HAMROYEVA
Pages : 159-181
Doi:10.17932/IAU.TURKLUK.2015.011/turkluk_v08i2005
View : 96 | Download : 15
Publication Date : 2022-12-15
Article Type : Research Paper
Abstract :Mumtoz qofiya nazariyasi aks etgan muhim manbalardan biri shayx Аhmad Taroziyning “Funun ul-balog‘a” asaridir. Maqolada poetikaning “ilmi segona”insert ignore into journalissuearticles values(ilmlar uchligi);ning tarkibiy qismlaridan biri qofiya ilmi haqida batafsil to‘xtalinadi. Ilmi qofiya, uning o‘ziga xosligi, unsurlari, turlariga bag‘ishlangan bir qancha risolalar mavjud boʼlib, Аhmad Taroziyning “Funun ul-balog‘a” asari poetika ilmiy nazariy asoslari keltirilgan muhim manbalardan biridir.Mumtoz qofiya oid risolalarning aksariyati arab va fors tilida yaratilgan bo’lib, Ahmad Taroziyning “Funun ul-balog‘a” asari mumtoz poetika ilmiga oid turkiy tildagi manbadir. Аhmad Taroziy asarning 2-bo‘limini qofiya ilmiga bag‘ishlagan, bo‘lim tarkibidagi “fasl”larda qofiya unsurlarini birma-bir izohlagan. Qofiya harflari, harakatlari va qofiya turlari “fasl”larda izohlanadi. Abdurauf Fitratning “Adabiyot qoidalari” va Abdurahmon Sa’diyning “Аmaliy ham nazariy adabiyot darslari” asarlarida ham mumtoz qofiyaning nazariyasi haqida ixcham ma’lumot keltiriladi. Maqolada “Funun ul-balog‘a”da keltirilgan qilmi qofiyaga oid ilmiy-nazariy fikrlar hamda Abdurauf Fitratning “Adabiyot qoidalari” va Abdurahmon Sa’diyning “Аmaliy ham nazariy adabiyot darslari” asarlaridagi qofiya nazariyasiga oid qismlar tadqiq etiladi.Keywords : Poetika, risola, ilmi segona Ilmlar uchligi, qofiya, hurufi qofiya qofiya harflari, qofiya turlari
ORIGINAL ARTICLE URL
