IAD Index of Academic Documents
  • Home Page
  • About
    • About Izmir Academy Association
    • About IAD Index
    • IAD Team
    • IAD Logos and Links
    • Policies
    • Contact
  • Submit A Journal
  • Submit A Conference
  • Submit Paper/Book
    • Submit a Preprint
    • Submit a Book
  • Contact
  • Folklor Akademi Dergisi
  • Volume:7 Issue:2
  • DOSTONCHILIK AN’ANALARI VA UNING BUGUNGI SAQLANISH HOLATI

DOSTONCHILIK AN’ANALARI VA UNING BUGUNGI SAQLANISH HOLATI

Authors : Nasim Ochilov
Pages : 844-853
Doi:10.55666/folklor.1491128
View : 27 | Download : 74
Publication Date : 2024-08-31
Article Type : Research Paper
Abstract :Dostonchilik san’atining jonli og‘zaki ijro jarayonlarida yashashi va davom etishi baxshilarning barqaror an’analar doirasida shakllangan ijro mahoratlari bilan bog‘lanadi. Dostonchilik maktablarining yuzaga kelishi va ustoz-shogirdlik an’analari, baxshi shaxsi va uning doston ijrosi, an’ana va badiha, jamoa va individual ijro, baxshilarning o‘z ijodlariga bo‘lgan tanqidiy yondashuv, baxshi va uning tinglovchisi, soz va so‘zning badiiy ta’sir kuchiga e’tibor hamda epik ijrochining estetik qarashlari baxshichilik san’atining jonli og‘zaki an’analarda davom etishi va ijod qilishiga sabab bo‘lgan. Jonli ijodiy jarayonda kechgan mana shunday xususiyatlar bir qator dostonchilik markazlari – o‘nlab baxshichilik maktablarining faoliyat yuritib, xalq ma’naviy tafakkurini yuksaltirishda munosib hissa qo‘shganligidan dalolat beradi. O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritgan va yuritayotgan Samarqand, Buxoro, Toshkent, Farg‘ona, Xorazm, Surxondaryo, Qashqadaryo va Qoraqalpog‘iston dostonchilik maktablari buning yorqin misolidir. Garchi dostonchilik an’analari respublikamizning bir qator hududlarida turli ko‘rinishlarda rivoj topib, o‘ziga xos ijro usuli va yo‘llariga ega bo‘lsa-da, XX asrda kechgan ilmiy-texnikaviy rivojlanish, globallashuv, axborot almashuvining tezlashgani, xalqimiz ommaviy savodxonlik darajasining oshgani, yozma adabiyot va boshqa san’at turlarining xalq madaniy hayotidan keng o‘rin olgani dostonchilikning avvalgi mavqeini ancha sustlashtirdi. Ko‘plab dostonchilik maktablarining jonli jarayonlarda so‘nishiga olib keldi. Dostonchilikning an’anaviy tarzda davom etmasligi esa baxshi ijrosi va repertuariga jiddiy ta’sir ko‘rsatib, doston matnlarining parchalanishiga olib keldi. Ushbu holatni o‘zbek dostonchilik an’analari misolida ko‘rsatishga harakat qilamiz.
Keywords : epik anana, epik xotira, baxshi, repertuar, globallashuv

ORIGINAL ARTICLE URL
VIEW PAPER (PDF)

* There may have been changes in the journal, article,conference, book, preprint etc. informations. Therefore, it would be appropriate to follow the information on the official page of the source. The information here is shared for informational purposes. IAD is not responsible for incorrect or missing information.


Index of Academic Documents
İzmir Academy Association
CopyRight © 2023-2025